JIU-JITSU

JIU-JITSU — yaponcha oʻzini oʻzi himoya etish va qurolsiz hujum qilish yoʻli. Unda raqibning eng nozik joylari — quyosh chigali (qorinda), uyqu arteriyasi, jigar va h. k. ga zarba berish; qoʻl va oyoq boʻgʻimlarini qayirish, turli tashlanish, bosib olish kabi usullar ishlatiladi. Bunday usullar jismoniy jihatdan baquvvat yoki qurollangan raqibga qarshi kurashda alohida ahamiyatga ega. J.-j. 13-a. da paydo boʻlgan. Uning asosida dzyudo kurashi kelib chiqqan (q. Dzyudo, Karate).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x