JISMONIY MADANIYAT

JISMONIY MADANIYAT — umum insoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatdagi Jismoniy madaniyat holatining asosiy koʻrsatkichlari: odamlarning sogʻlomligi va jismonan chiniqqanligi, Jismoniy madaniyatning tarbiya va taʼlim sohasida, i. ch. da, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va h. k. J. m. xalq oʻyinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi. Jismoniy madaniyat tibbiyot, ekologiya, ped., psixologiya kabi fanlar bilan bogʻliq holda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazadi (yana q. Jismoniy tarbiya, Sport).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x