Jinsiy tarbiya borasida ota-onalarga maslahatlar.
Qachonki, oilada jinsiy jihatdan to‘g‘ri tarbiya berilmas ekan, o‘smirlar ruhiyati va organizmida jinsiy hayotga oid turli buzilishlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Buning oxiri xayrli kechmaydi, balki yosh oila hayoti ilk kunlardanoq iztirob va tashvishlar iskanjasida qoladi. har ikkala tomonning bir biridan ko‘ngli to‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarning jinsiy tarbiyasida hushyor va sergak bo‘lganimiz ma’qul. O‘smirlik yoshida endokrin bezlar va jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi, jinsiy mayl uyg‘ona boshlaydi. Bu vaqtda qizlarni hayz ko‘rishga tayyorlash, o‘g‘il bolalarda esa ihtilom (bulg‘anib qolish)ning tabiiy hol ekanligini aytish lozim. O‘g‘illarga ayol zotiga hurmat bilan qarashni, sabrli bo‘lishni o‘rgating. Qizlarga bokiralik va iffatni saqlashning mazmun mohiyatini tushuntiring. Asosiysi, har bir qiz yoki yigit jinsiy hayot xususida to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lsin va o‘zlaridagi shahvoniy his-tuyg‘ularni ongli ravishda jilovlasin