JINSIY BEZLAR

JINSIY BEZLAR, gonadalar — odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlarni hosil qiluvchi aʼzolar. Jinsiy bezlar jinsni belgilaydi. Ayollar jinsiy bezi tuxumdon odamda kichik chanoq boʻshligʻida, koʻpchilik sut emizuvchilarda buyrakning orqa Femida joylashgan. Tuxumdonning poʻstloq va magʻiz (miya) qavati boʻlib, unda koʻplab follikulalar mavjud, ularning har birida bitta tuxum yetiladi. Tuxumdonda estrogenlar, progestinlar, relaksin va b. gormonlar hosil boʻladi. Erkaklar jinsiy bezi — moyak odamda va talaygina sut emizuvchilarda urugʻ xaltachasi (yorgʻoq)da, boshqa hayvonlarda qorin boʻshligʻida joylashgan. Moyakda testosteron va b. gormonlar ishlab chiqaradigan erkak jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va b. maxsus xujayralar yetiladi.

Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning boshqa vakillarida Jinsiy bezlarning joylanishi va tuzilishi xilmaxil. Jinsiy bezlarning sekretor faoliyati gonadatrop gormonlar orqali boshqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x