Jinsiy aloqa vaqtida og’riqlar, kasallikmi yoki normal holatmi?

Qorinning pastida keskin og’riq
Juftingiz bilan yaqinlikka kirishgan zahotingiz qovug’da og’riq qo’zg’alib, bezovtalik qorinning pastki sohasiga tarqaladi. Yaqinlikdan keyin ham og’riq kuchi sezilib turadimi?
Sababi nima? Аyollar jinsiy a’zolaridagi yallig’lanish, siydik yo’li va buyrakdagi shamollash tufayli bo’lishi mumkin.
Chorasi: ginekolog ko’rigidan o’tib, jinsiy a’zo UTTsi, zarur tahlillar o’tkaziladi. So’ng yallig’lanishga qarshi muolaja bajariladi. Bu vaqtda jinsiy yaqinlikka kirishish tavsiya etilmaydi.

Qichishish va achishish…
Teringiz ta’sirchan emas, ammo yaqinlik vaqti jinsiy a’zoda qichishish paydo bo’ladi. Bezovtalik achishish hissi bilan davom etadi. Yaqinlikdan keyin ham qinda terini kuydirayotgandek bezovtalik bormi?
Sababi nima? Zamburug’li kasalliklar.
Chorasi: bezovtaliklar sababi zamburug’lar deb topilsa, shifokor ko’rsatmasi bilan dori preparatlari qabul qilinadi. Uni keltirib chiqargan omil aniqlanib, davolanadi. Xastalik qaytalamasligi uchun er-xotin birgalikda muolajalar olishi muhim sanaladi. Yo’qsa, zamburug’ bir-biridan o’tib yuraveradi.

 

Tug’ruqdan keyin
Tushunarsiz bezovtalik, yoqimsiz holatning kuzatilishi tug’ruqdan keyingi jinsiy yaqinlik vaqti normal hol hisoblanadi. NOzik munosabtalar payti og’riq kuzatilishi ham mumkin.
Sababi nima? Ko’pincha tug’ruq chog’ida turli jarohatlar yuz beradi. Qin shilliq qavati zararlanishi, chok tushishi kabi. Ginekologik muolaja bajarilgani bilan chok tushgan teri tortilishi mumkin. Bu esa aloqa payti ba’zi noqulayliklarga sabab bo’ladi. Biroq jiddiy havotirga o’rin yo’q. Vaqt o’tishi bilan organizm asl holiga qaytadi.
Chorasi: chilla davri tugagach, ginekolog ko’rigidan o’tib, muammolardan himoyalanish maqsadga muvofiq.

 

Noxush holat
Nozik munosabatlar sovuqlashgan, yaqinlik vaqti o’zingizni noqulay sezayapsiz. Аloqaga kirishish qiyin va og’riqli bo’layaptimi?
Sababi nima? Qin shilliq qavatining qurishi. Bu holat asosan yoshi katta ayollarda kuzatiladi. Yoshlarda esa yallig’lanish kasalliklarining asorati sanaladi. Shilliq qavatning kerakli darajada namlanmasligi, aloqaga kirishishni murakkablashtiradi.
Chorasi: qin shilliq qavatining quruqlashishi aniqlanganida shifokor ko’rsatmasi bilan maxsus shamchalar va surtmalardan foydalanish mumkin. Muolaja tugagunicha jinsiy aloqa man etiladi.

 

Tos suyagidagi og’riq
Jinsiy aloqa vaqti qinda paydo bo’lgan og’riq, asta-sekinlik bilan tos suyagiga uzatiladi. Gavdani ko’targanda og’riq belga ham ta’sir qilishi mumkin. Qizig’i, bu holat faqat yaqinlik payti sodir bo’ladi.
Sababi nima? Og’ir jismoniy mehnat turi bilan shug’ullanadiganlar, tug’ruq vaqti bel sohasiga yuborilgan og’riqsizlantiruvchi preparat asorati, umurtqa churrasi, osteoxondroz hamda nevrologik xastaliklar sababli yuzaga kelishi mumkin.
Chorasi: shifokor ko’rigidan so’ng aniqlangan muammoga ko’ra zarur muolaja belgilanadi. Yaqinlik vaqtidagi og’riq muntazam takrorlansa, albatta mutaxassisga murojaat eting.

Nilufar BO’STONOVА, ginekolog.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x