“Jinoyat va jazo” asari haqida

Romanni tahlil qilish, sharhlash oson, negaki voqealar koʻz oldimizda voqealar rivojlanib, koʻlami kengayib boradi.

Romanning asosi boʻlib Radion Raskolnikovning “ishi” xizmat qiladi. Romanda Raskolnikovning jinoyati va jazosi haqida mukammal gapiriladi, bu psixologik jarayonlar shunday tasvirlanadiki, inson benihoya, uning kallasida pishgan jinoyatdan oldinroq uning jazosi haqida oʻylaydi, lekin baribir undagi (Raskolnikov) kuchli shaxs haqidagi fikr uni jinoyatga undaydi.

Romanda personajlar oʻrtasidagi aloqa shunday uzviylashadiki, natijada romanning syujeti murakkablashib, muammolari chuqurlashib boradi.

Romandagi ikki asosiy qahramon: Radion Raskolnikov va Sonya Marmeladovalar bir-birining ichki dunyosini yoritish uchun kerak boʻlgan obrazlardir.

Dostoyevskiy birinchi, roman boshida syujetni tor olgan edi: qandaydir student oʻzining sudxoʻr kampirni oʻldirib, boyligini oʻzlashtirib, onasi, singlisi va oʻzining qarzini toʻlab, chet elga ketib, u yerda tinchgina yashash haqidagi fikrini yoritmoqchi boʻldi, lekin Raskolnikovga yondosh obraz qilib Sonyani kiritgandan keyin uning orqasidan bir qancha obrazlar kirib keldi – bular katta bir shaharning kambagʻal odamlari edi. Yaʼni jamiyatning eng quyi tabaqasining vakillari. Bu obrazlar romanning hamma muammolarini, Raskolnikovning amalga oshirilmagan gʻoyalari haqida yorqin va aniq tushunchalar berishadi.

“Jinoyat va jazo” romanida ijtimoiy, psixologik, falsafiy muammolar bir-biriga qoʻshilgan, aralashgan holda sintez qilingan.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/jinoyat-va-jazo-asari-haqida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x