JINOYAT ISHINI QAYTA HARAKATGA KELTIRISH

JINOYAT ISHINI QAYTA HARAKATGA KELTIRISHhukm chiqarilgandan soʻng ishni qonunda koʻrsatilgan yangi holatlar ochilishi munosabati bilan qayta qoʻzgʻatish. Jinoyat ishi guvoh koʻrsatuvi yoki ekspert xulosasi notoʻgʻriligi maʼlum boʻlgan; ishdagi dalillardan birontasi qalbaki boʻlib chiqqan; sudyaning sud muhokamasida yoki tergovchining tergov davrida oʻz vazifasini suisteʼmol qilganligi aniqlangan; sud hukm chiqarayotganda maʼlum boʻlmagan holatlar ochilgan, sudlangan shaxsning aybeizligi yoxud hukmda koʻrsatilgandan yengil yoki aksincha, ogʻir jinoyat qilganligi aniqlangan, shuningdek, oqlangan yoki sudda jinoyat ishi tugatilgan shaxsning aybdorligi tasdiqlangan hollarda qayta harakatga keltirilishi mumkin (OʻzR JPK, 522— 527 – moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x