JELEZNOVODSK

JELEZNOVODSK — RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917-y. dan), Kavkaz Mineral suvlari guruhiga kiruvchi balneo balchiq kurort. J. 600—630 m balandlikda joylashgan. T. y. shoxobchasi (6 km) orqali Beshtov stansiyasi b-n bogʻlangan. Aholisi 29,4 ming kishi (1992). 19-a. boshlaridan kurort sifatida tanila boshlagan. Yozi iliq, (iyulning oʻrtacha t-rasi 2G), quruq, qishi moʻtadil yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4°); yiliga oʻrtacha 605 mm yogʻin yogʻadi. Slavyanovsk va Smirnovsk karbonatli mineral buloqlari suvi ichiladi, qadoqlab joʻnatiladi, boshqa buloqlarning suvi vannaga beriladi. Ovqat hazm organlari, urologik va modda almashinuvi buzilishi kabi kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Tambukan koʻlidan shifobaxsh balchiq olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x