JELATINA

JELATINA (lot. gelatus — muzlagan, sovigan) — hayvon terisi, payi va suyaklarini suvda qaynatish yoʻli bilan olinadigan oqsil moddalar aralashmasi. Bunda toʻqimalar tarkibiga kiradigan kollagen glyutinga aylanadi. Olingan eritma haydaladi, tindiriladi, iviq hosil boʻlguncha sovitiladi, soʻngra boʻlak-boʻlak qilib kesiladi va quritiladi. Tayyor holdagi quruq Jelatina — taʼmsiz, hidsiz, shaffof, rangsiz yoki och sargʻish boʻladi; sovuq suvda va suyultirilgan kislotalarda shishadi. Qizdirilgan kolloid eritma soviganda iviqqa aylanadi. Jelatina qandolatchilikda (marmelad va b. tayyorlashda), fotoplyonkalar, plastinkalar, fotoqogʻoz va karton tayyorlashda, gemofiliya kasalligini davolashda hamda meʼda, ichak va oʻpkadan qon ketishini toʻxtatishda (5—10% li eritmasi, maz va shamchalar tarkibida) ishlatiladi, shuningdek, mikrobiologiyada (oziqli muhit olishda) qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x