JAVSHAN

JAVSHAN (fors — sovut, zirh) — qadimda va oʻrta asrlarda jangchining badanini jarohatlanishdan saqlash maqsadida kiyiladigan sovutning bir turi. Javshan jabaga nisbatan ogʻir. Dastlabki vaqtlarda u jez (bronza)dan, keyinchalik temir va pulatdan ishlangan. Javshan bargsimon temir parchalaridan mayin halqa simlar yordamida toʻqilgan. Javshanni egiluvchan, bukiluvchan boʻlishi uchun uni maxsus tayyorlangan metall taxtachalarni biriktirib xam yasaganlar. Yirik lashkarboshilar, sarkardalar uchun baʼzan maxsus Javshan toʻqilgan. Mil. av. 1-ming yillikdayoq Markaziy Osiyo xalqlari jang paytida otlarga Javshan yopishgan (yana q. Bargustvon, Baktar, Sovut, Zirh).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x