JAR

«JAR» — sport-sogʻlomlashtirish majmui. Meʼmorlar S. F. Xoʻjayev, L. A. Muxamedshin rahbarligida T. K. Matyokubova, S. Ye. Soy, A. I. Nadirshin va b. tomonidan qurilgan (1997). Toshkent sh. Shayxontohur tumani «Chorsu» maydoni yaqinidagi jarlikda bunyod etilgan. Jar koʻp tarmoqli sport inshooti boʻlib, respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan. Unda sport zallari va 1000 oʻrindiqli suv havzasi va yana 2 ta kichik yopiq suv havzasi, sauna, 10000 oʻrindiqli futbol maydoni, ochiq tennis kortlari (5 ta yozgi va 2 ta qishki, 1000 oʻrindiqli), yengil atletika maydoni (2000 oʻrindiqli), sogʻlomlashtirish, tibbiyot, mashq qilish va umumiy ovqatlanish xonalari mavjud. Tomosha zallari: tennis zali, boks zali (760 oʻrindiqli), kurash (har xil turlari) zali (850 oʻrindiqli), majlislar zali (200 oʻrindiqli) va b. Kassa, bufet, garderobxona, sanuzellar (pastki qavatda), shuningdek, mehmonlar uchun xonalar, matbuot markazi, maʼmuriy xonalar aralash joylashgan.

Sport bilan shugʻullanuvchilar uchun 5 ta mashq va trenaj zallari (24×12 m), kiyim almashtirish xonalari bor. Murabbiylar, hakam, maʼmuriyat xonalari turli qavatlarda joylashgan. Usti ochiq, qishda suvi issiq suv havzasiga sakraydigan minora oʻrnatilgan. Dzyudo, karate, taekvando, taek-junri, taek-subxarge kabi 13 ta sport toʻgaragi ishlab turibdi (2001). Tibbiy nazorat xonalarida turli sohadagi vrachlar qabuli, diagnostika, fizioterapevtik muolajalar oʻtkaziladi. Vestibyul va hovli bogʻida umumiy ovqatlanish xonasi, qahvaxona, bufet, bar tashkil qilingan.

Tomoshabin oʻrindiqlari pogʻonali, maydon ikki tomonidan soyabon bilan toʻsilgan. Minbar ostida qoʻshimcha xonalar bor. Majmua maydoni 15 ga, bogʻ zonasi 4 ga ni tashkil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x