JANUBIY KAROLINA

JANUBIY KAROLINA — AQSHning jan.-sharqidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 80,5 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kolumbiya sh. Shtatning jan.-sharqi Atlantika boʻyi past-tekisligida, shim.gʻarbida Pidmont platosi va Appalachi togʻining tarmoqlari bor. Eng baland joyi 1087 m. Daryo koʻp. Iqlimi subtropik, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 4—10°, iyulniki 24—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000—1200 mm. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Gʻarbida aralash oʻrmonlar bor.

Janubiy Karolina xoʻjaligida sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Shtatdagi ishchilarning yarmiga yaqini shu sanoatda band. Yirik markazlari: Ogasta, Kolumbiya, Grinvill va b. Metallsozlik, kemasozlik, trikotaj, tikuvchilik, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Atom sanoati markazlaridan biri. Dehqonchilik q. x. tovar mahsulotining qariyb 70%ini beradi. Asosiy ekinlari — paxta, tamaki, makkajoʻxori. Bugʻdoy, sholi, yer yongʻoq ham ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol va choʻchqa boqiladi. Eng katta porti — Charlston.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x