JALOLOV Bahodir Fazliddinovich

JALOLOV Bahodir Fazliddinovich (1948.27.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1992), Oʻzbekiston (1997) va Qirgʻiziston (1998) BAakad. I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tini tugatgan (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida oʻqituvchi (1974—80); 1997-y. dan Milliy rassomlik va dizayn in-tida mahobatli rangtasvir ustaxonasi rahbari, prof. (2000). Oʻzbekiston rassomlari uyushmasi boshqaruvi raisi (1987—92). Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Portretlarida kishilarning kasbi haqida tasavvur beruvchi holatlar aks ettirilgan, ijodiy mehnat jarayoni, chuqur psixologik holat mahorat bilan koʻrsatilgan («Meʼmor», 1972; «Masxaraboz Akrom Yusupov», 1974; «Avtoportret», 1975; «Kulol ayol. Xalq ustasi Hamro Rahimova», 1975; «Soniya va mangulik. Oʻrol Tansiqboyev xotirasiga», 1977; «Porloqerta. Rassom Sh. Abdurashidov xotirasi», 1980; «Tiklash. Xalq ustasi Muhiddin Rahimov», 1980). 70-y. larning oxiri — 80-y. larning boshlaridan mahobatli rassomlik sohasida samarali ijod qiladi: Qarshi musiqali drama teatri binosiga, «Chimyon» sanatoriysi oshxonasi foyesiga (1981), Toshkentdagi Kinochilar uyiga (1982) ishlagan devoriy rasmlari rassomni betinim izlanayotgan, oʻziga xos uslub yaratgan rassom sifatida tanitdi. «Bahor» konsert zali foyesiga ishlangan «Raqsning tugʻilishi» (1982), Qashqadaryo viloyati Tallimarjon nasos stansiyasi klubi devoriga (1983), Qoʻqon teatri foyelariga (1987), Tojikistonning Xoʻjand sh. dagi maktab binosiga (1988), Belgiyaning Kortreyk sh. dagi «Kortreyk 200» (1990), Toshkentdagi Turkiston saroyiga («Umar Xayyom tushlari», 1993) va b. ga ishlangan devoriy rasmlar, manzaralar («Isfarada bahor», «Togʻ qishlogʻi. Soʻqmoq», «Eski Gurzuf koʻchasi» va b.), kitoblarga yaratilgan illyustratsiyalar (Navoiy, T. Tula, U. Nosir va b. asarlari), dastgoh kartinalari («Afgʻoniston — 83», «Afgʻoniston tongi» va b.) muallifidir.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1991).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x