JAHONGIRSHOH

JAHONGIRSHOH Nuriddin (1569 — 1627) — Hindistondagi Boburiylar davlatinint toʻrtinchi qukmdori (1605— 27), Akbarnint oʻgʻli. Asl ismi Sulton Salim. Jahongirshoh davlatni idora etish yuzasidan «Oʻn ikki dastur» eʼlon qilgan. Dasturga, asosan, dehqonlarga nosharʼiy soliqlar solish, mahalliy hokimlarga savdogarlarning mollarini ochib koʻrish, gunohkorlarning quloq-burunlarini kesish, sharob i. ch., maʼlum kundan boʻlak vaqtda jonivorlarni soʻyish, tugʻilgan qizlarni oʻldirish (Rojastxonda), soliq hisobiga bolalarni tortib olish (Bengaliyada) va b. man etilgan. Jahongirshoh davrida imperiya tarkibiga Mevar (1614), Aqmadnagar (1620), Bijapur va Golkonda (1621) hamda Panjob (bir qismi) qoʻshib olindi. Jahongirshoh davlatni hind rojalari bilan kelishib idora qilishga intildi. Jahongirshoh davrida tasviriy sanʼat, miniatyura va adabiyot rivoj topdi, bir necha maqbara, jumladan Akbar maqbarasi qurildi. Jahongirshohning oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Uning «Jahongirnoma» asari mashhur. Saltanatining soʻnggi yillarida davlat ishlarini xotini Nurjahon begim boshqargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x