JAGʻALBAYLI

JAGʻALBAYLI, jagʻalboy — 1) oʻzbek urugʻlaridan biri. 19-a. ning boshida oʻzbeklarning qipchoqlar, nayman, qurama va b. qabilalari tarkibida uchraydi. Oʻrta asrlarda aslida qabila boʻlgan. Jagʻalbayli oʻzaro kurashlar natijasida yemirilib, kichik-kichik guruhlarga boʻlinib ketgan. Keyinchalik Jagʻalbayliga mansub kishilar bir qancha qabila va xalqlar tarkibiga qoʻshilib, oʻz nomini saqlab kelganlar. Jagʻalbaylining katta bir qismi qipchoqlar tarkibida qolib, Amir Temur va uning vorislari davrida (14—15-a. lar) Dashti Hipchoqdan Movarounnahrga va Shim. Afgʻonistonga koʻchib kelib oʻrnashgan. 19-a. ning 70-y. larida Jagʻalbaylining katta bir guruhi Afgʻonistondan Samarqand viloyatining hoz. Pastdargʻom tumaniga kelib oʻrnashdi. Oʻzbekiston hududidagi Jagʻalbaylilar oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan;

2) qozoqlarning Kichik juz tarkibiga kirgan urugʻ nomi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x