IZOTSIANATLAR

IZOTSIANATLAR — umumiy formu-lasi RN=C=O boʻlgan organik birik-malar. Alksh, aril-, geterilizotsianatlar (R — tegishlicha Alk. Ag. geteroaromatik birikma qoldigʻi) maʼlum. Bularga atsilizotsianatlar (RCO) N=C=O, sulfonilizotsianatlar RCO2N=C=O va Si, Ge, Sn yoki R atomini tutuvchi (mas, (CH3)3SiN=C=O) elementoorganik Izotsianatlar xam kiradi.

Izotsianatlar infraqizil spektrlarida 2250 — 2270 sm1 ga, ultrabinafsha spektrallarda esa 220—250 nm ga teng tavsifli yutilishni namoyon qiladi. Izotsianatlar mono-izotsianatlar va diizotsianatlarga boʻlinadi. Bular, asosan, suyuklik yoki qattiq moddalar boʻlib, zaharli, koʻplari lakrimatorlar hisoblanadi.

Izotsianatlar kimyoviy jixatdan kuchsiz asoslar boʻlib, kislorod atomi boʻyicha protonlanadi, ularga nukleofil oʻrin alma-shinish reaksiyalari xosdir. Mas, NA koʻrinishdagi nukleofil reagentlar C=N boga boʻylab birikadi: I. spirtlar bilan uretanlar, aminlar b-n mochevina hosilalarini beradi. Gidroksilamin, ammiak, gidrazin, amidlar, uretanlar, sianamid, mochevina, amidinlar, guanidinlar, nit-raminlar, sulfonamidlar bilan ham taʼsirlanadi. Suv bilan karbamin kislotani hosil qiladi, mahsulot karbonat angidrid va aminobirikmagacha parchalanadi. Oltingugurt, vodorod suv kabi taʼsir etadi. Karbon va mineral kislotalar bilan hosil qilingan birik-malar tez parchalanib, simmetrikangidridlar, aminlar yoki ammoniy tuzlarini beradi. Aromatik Izotsianatlar esa sulfat kislota taʼsirida halqa boʻylab sulfolanadi. Peroksidlar taʼsirida azobirikmalar hosil boʻladi. Izotsianatlar dimerlanish va trimerlanish xususiyatlariga ham ega.

Izotsianatlar sanoat miqyosida birmuncha murakkab hisoblangan yuqori haroratda qaynaydigan (mas, o-dixlorbenzol) erituvchilar ishtirokida aminlarni fosgenlash orqali olinadi. Kursius, Gofman va Lossen qayta guruhlanish usullari Izotsianatlar olishning muhim preparativ yoʻllaridan hisoblanadi.

Izotsianatlar sanoat miqyosida poliuretanlar, pestitsidlar, birlashgan xillari esa toʻqimachilik materiallari, rezina va lok i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x