IZOOKTAN, (SSN3) 3—SN2(SNSN,)2 — oktan izomeri, trimetilpentan, benzin hidi keladigan rangsiz suyuqlik; qaynash t-rasi 99,24°, suyuqlanish t-rasi — 107,38°, zichligi 692 kg/m3, 500—570° da metan va izobutilen hosil qiladi. Sanoatda diizobutilenni ka-talizatorlar ishtirokida gidrogenlab olinadi. Izooktan suvda erimaydi, oddiy organik erituvchilarda eriydi; benzol, metil va etil spirtlar bilan aze-otrop aralashmalar hosil qiladi. Izooktanning antidetanatsion xossalarini 100 birlikka teng deb qabul qilingan, u oktan soni deb ataladi. Antidetanatsion xossalari yuqori boʻlgan benzinlar olishda qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые