IZGʻIRIN

IZGʻIRIN — Yerga yondosh havo qatlamida esadigan sovuq shamol. Izgʻirin uchun qulay sharoit havo harorati —5° dan past, shamol tezligi 6—8 m/s dan yuqori boʻlganda hosil boʻladi. Yer yalab esadigan Izgʻirin, pastda esadigan Izgʻirin va umumiy Izgʻirin farq qilinadi. Yer yalab va pastda esadigan Izgʻirin larda ilgari yoqqan qor shamol bilan turli tomon uchadi, umumiy Izgʻirinda esa yerdagi qor hamda bulutlardan yogʻayotgan qor uchadi. Izgʻirin vaqtida qor qoplami yuzasidan qor uchqunlari 1,5—2 m balandlikkacha koʻtariladi. Izgʻirin qor qoplami yuzasi quruq boʻlganda esadi. Siklonning shim.-gʻarbi, gʻarbi va jan-. gʻarbida hamda antitsiklonning chetlarida kuzatiladi. Izgʻirin vaqtida nariroqni koʻrish qiyinlashadi. Izgʻirin baʼzan qor yogʻib turgan paytda yuz beradi. Bu vaqtda qor uchqunlari yerdan koʻtarilayotgani yoki yuqoridan tushayotganini aj-ratish qiyin. Atmosferaning iliq fronti yaqinlashganda shunday Izgʻirin kuzatiladi.

Togʻlik hududlarda 1500 m balandlikdan boshlab har yili barqaror qor qoplami hosil boʻlib, bu yerda izgʻi-rin koʻproq kuzatiladi. Bu, birinchi navbatda, dovonlarda va shamolga ochiq qiyaliklarda sodir boʻladi. Mac, Cypxondaryo viloyatining baland togʻlik qismida bunday kunlar soni yiliga 36 kungacha (oʻrtacha koʻp yillik — 11), Gʻarbiy Tyanshanda esa 30 kungacha (oʻrtacha koʻp yillik —19—20-marta) yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x