IZBOSKAN ZILZILASI

IZBOSKAN ZILZILASI — 1992-y. 15 may mahalliy vaqt bilan soat 13 dan 08 min. oʻtganda Fargʻona vodiysining shim. sharqida Izboskan qishlogʻida boʻlgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Boʻtaqora — Qorabuloq uzilmasida 25 km chuqurlikda joylashgan. Bu yerda zilzilaning kuchi 8 ballga (MSK — 64 oʻlchovi boʻyicha) yaqin, magnitudasi (Rixter boʻyicha) M — 6,2 boʻldi. Zilzila oʻchogʻidagi togʻ jinslarini Yer poʻsti granit qatlamidagi yoriqlar boʻyicha yuqoriga qarab siljishi seysmik toʻlqinlarni kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Seysmik toʻlqinlar epitsentral zona da 7—8 ball kuch bilan tarqalib atrof qishloqlarga ancha zarar yetkazdi. Ayniqsa, Qoʻchqorota, Madaniyat, Toshqoʻrgʻon, Xilo qishloqlarida imoratlar jiddiy zararlandi. Izboskan zilzilasining kuchi Qoʻchqorota, Moylisoy, Madaniyatda 7 ball, Poytugʻ, Haqqulobod. Andijonda 6 ball, Oʻsh, Jalolobodda 5 ball, Fargʻona, Chustda 4 ball, Toshkent, Dushanbada 3 ballga yetdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x