IXTISOS

IXTISOS — inson tomonidan hayotning muayyan sohasi boʻyicha maxsus tay-yorgarlik yoʻli bilan hosil qilingan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar majmui. Ixtisos kishiga turmushning moddiy va maʼnaviy sohasida biror ishni bajarish hamda shu yoʻl bilan oʻz tirikchiligini taʼminlash imkoni-yatini beradi. Ixtisos kasb, mutaxassislik singari tushunchalarga nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanadi va muayyan kasb yoki mutaxassislikning biror sohasini anglatadi. Maye: kasbi — ilmiy xodim, mutaxassisligi — filolog, Ixtisos i—adabiyotshunos kabi.

Kasb, mutaxassislik va Ixtisosning paydo boʻlishi va taraqqiy etishi tarixiy xarakterga ega. Yangi i. ch. sohalarining vujudga kelishi, texnikaning taraqqiy etishi, shu jumladan, biror texnologik jarayonning boshqasiga almashinishi bilan yangi kasb, mutaxassislik va Ixtisoslar paydo boʻladi. Ixtisos va inson turmushining chuqur Ixtisos lashuvi mehnat taqsimotining tobora ijodiy qiyofa kasb etib borayotganidan dalolatdir. Oliy va oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlim tizimida Ixtisos roʻyxati (klassifikator) boʻyicha taʼlim jarayonining oʻquv dastur va rejalari tuziladi. Oliy va oʻrta maxsus, kasbhunar oʻquv yurtlari faoliyati ana shu reja hamda dasturlar asosida tashkil etiladi. Ularni bitirgan kishilarga muayyan Ixtisoslik beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x