IXSHIDIYLAR

IXSHIDIYLARSuriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935—969). Asoschisi — Fargʻona ixshidlarn naslidan Muhammad Ixshid ibn Tugʻj (Tagʻaj) (882-946). Bobosi – Joff (?—861) Fargʻona amirlaridan boʻlib, xalifa Muʼtasim (833—842) yollanma qoʻshinida xizmat qilgan. Otasi Tugʻj esa tuluniylaragm Xumoravayh davri (884—895)da Damashq va Tiveriada (Oʻrta dengizning shar-qiy sohilidagi viloyat) noibi boʻlgan. Muqammad avval xalifa Muqtadir (908—932)ning Ramla va Damashkdagi, soʻng xalifa Roziy Billoh (934 — 940)ning Misr, Suriya va Mesopota-miyadagi noibi darajasiga koʻtarilgan (935—941). 938-y. u «ixshid» unvonini qabul qilgan. 942-y. Makka va Malina ham uning tasarrufiga oʻtkazilgan. Misr va Suriya fotimiylar tomonidan ishgʻol etilgach, Ixshidiylar hukmronligi barham topgan (969).

Sulola vakillari: Muhammad Ixshid ibn Tugʻj (935—946), Abulqosim Ungur ibn Ixshid (946—960), Abu-lhasan Ali ibn Ixshid (960—966), Abulmisk Kofur (966—968), Abulfa-voris Ahmad ibn Ali (968—969).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x