IXSHID

IXSHID — 1) Soʻgʻd va Fargʻona podsholari unvoni (5—8-a. lar). Ilk oʻrta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga boʻlinib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Buxoro vohasida — buxorxudotlar va vardonxudotlar, Miyonkolda — dabusshohlar, Ustrushonada — afshinlar, Choch va Ilokda — budun va tudun va b. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub boʻlgan. Bu davlatchalar orasida Sugʻd I. lari eng qud-ratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarkand sh. boʻlgan. Ixshid atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari boʻlgan badavlat dehqonlar toʻplangan edi. Sugʻd Ixshidi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurgʻ, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Samarqand I. i saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand Ixshidlari yaqin-olis davlatlar b-n elchilik aloqalari olib borganlari maʼlum. Mas, Afrosiyob devoriy rasmlaripz. Sush Ixshidi Varxumanning Chagʻoni-yon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab istilochilariga qarshi kurashda Sugʻd Ixshidi Tarxun katta jonbozlik koʻrsatgan. 8-a. boshida (712-y.) Samarqandni arablar bosib olgach, Sugʻd Ixshidlari poytaxtni Ishtixonga koʻchirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, Ixshid unvoni bekor qilingan;

2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935 — 969) vakillari unvoni (yana q. Ixshidiylar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x