IVANOV Aleksey Nikolayevich (1905.1.8, Ulyanovsk – 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919 — 20). 1929-y. dan Samarkandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shugʻullangan. Ilk asari — «Kitob ushlagan oʻzbek qizi» (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: «Shaxtyor» (1947), «Zveno boshligʻi» (1953), «M. Turgʻunboyeva» (1955), «Ibn Sino» (1956) va b. haykallari, Mehnat Kahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yoʻldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va b.) portretlari ustida ishlagan; 50—60y. larda mehnat ahli aks etgan haykallar («Poʻlat quyuvchi», «Choʻpon», «Payvandchi qiz» va b.), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые