IVAN I

IVAN I Kalita (? – 1340) – Moskva knyazi (1325-y. dan), Vladimirning knyazi (1328-y. dan). Moskva knyazi Daniil Aleksandrovich (1261 — 1303) ning oʻgʻli. Moskvaning siyosiy va iqtisodiy qud-ratiga asos solgan. Oltin Oʻrdadan Rusda moʻgʻullar uchun oʻlpon toʻplash huquqini olishga erishgan. Ivan I katta boylik toʻplagan (shundan uning laqa-bi «Kalita» — «pul xaltasi») va uni boshka knyazliklardan yerlar sotib olish uchun ishlatgan. Ivan I davrida rus mitropolita qarorgohi Vladimirdan Moskvaga koʻchirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x