ITSICHQONLAR

ITSICHQONLAR, tiyinsichqonlar, dumsiz sichqonlar (La-gomyidae) — kemiruvchilar toʻrkumi oilasi, 18 tacha turi bor. Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir va Shim. Amerikada tarqalgan. Tyanshan, Pomir, Kopetdogʻ, Oltoy, Hisor-Olay togʻlarida va baʼzi baland tekisliklarda 8, Oʻrta Osiyo togʻlarida 5 turi uchraydi. Dumsiz sichqon choʻllarda yashaydi. I yerga bir nechta teshikli uya qaziydi. Bir yilda 2—3-marta urchiydi, har safar 4—12 bola tugʻadi. Oʻt bilan oziklanadi. Tanasining uz. 15—20 sm, orqa oyoqlari oldingisidan sal uzun, barmoqlari va kaftlari tuk bilan qoplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x