ISTEʼMOL MEʼYORLARI

ISTEʼMOL MEʼYORLARIaholi ning sihat-salomatligini taʼminlash va ish qobiliyatini saklashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat va xizmatlarni isteʼmol qilishning miqdoriy meʼyorlari (oʻlchami, hajmi, va b.). I. m. aholi isteʼmolini eng maq-bul darajaga keltirib, inson kamolotini taʼminlashga xizmat qiladi, miqdoran oʻlchash mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ishlatiladi. Har bir mamlakatda iqtisodiy holat, tabiiyiqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda i. t. muassasalari tomonidan maksimum va minimum I. m. tarzida ishlab chiqiladi. Maksimum Isteʼmol meʼyorlari eng koʻp isteʼmol etish meʼyori boʻlib, inson shaxsini har tomonlama kamoloti uchun, eng koʻp isteʼmol chegaralarini belgilaydi. Oziq-ovqat is-teʼmoliga nisbatan fiziologik meʼ-yorlar qabul qilingan boʻlib, bu insonning qanday mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi va qayerda yashashidan qati nazar qanday oziq-ovqatlar turlarini qanday miqdorda isteʼmol eti-shini bildiradi. Bu meʼyorlar tibbiyot nuqtayi nazaridan qaralib, inson ovqatlanishdan bir kechayu-kunduzda 3200—3400 kilokaloriyaga teng energiya olishini va bunga maʼlum mikdoriy nisbatdagi mahsulotlar (mas, oqsil, yogʻ, vitamin va uglevodlar) is-teʼmoli orqali erishishni koʻzda tu-tadi. Bunda haddan tashqari koʻp va kam isteʼmol qilish inson sogʻligʻiga za-rarli ekanligi inobatga olinadi. Is-teʼmolning quyi meʼyori inson uchun zarur minimal isteʼmoldan kelib chiqadi. BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti ishlab chiqqan meʼyor buyicha bu koʻrsatkich 2300 kilokaloriyaga teng. Umuminsoniy meʼ-yorlar mamlakatlar, mintaqalar va hududlardagi tabiiy sharoit va isteʼmol koʻnikmalarini hisobga olib, aholini yoshiga, ish xarakteriga qarab tabaqalashtiriladi. Bu meʼyor mas, Xitoyda 2150, Oʻzbekistonda 2500 kaloriya qilib belgilangan. Isteʼmol meʼyorlari aholi yoshiga qarab tabaqalashganda 16 dan katta yoshlilar 1 shartli isteʼmolchi boʻlsalar, bolalar 0,2, 0,3, 0,5, 0,7, 0,9 is-temolchi deb qabul qilinadi, shunga qarab maxsus meʼyorlar belgilanadi. Nooziq-ovqat tovarlariga Isteʼmol meʼyorlari belgilanmaydi, chunki ularni tabiiy oʻlchami yoʻq, ularning isteʼmoli did, moda va daromadga qarab tez oʻzgarib turadi. Ammo kommunal xizmatlariga nisbatan Isteʼmol meʼyorlarini qoʻllash mumkin, bunda jon boshiga qancha elektr energiyasi, issiqlik, gaz, suv isteʼmol etilishi hisobga olinib, bu resurelar isteʼmolining optimal boʻlishi koʻzda tutiladi. Isteʼmol meʼyorlari totalitar-rejali tizimda keng qoʻllanilib, tabiatan yakka isteʼmol ni bir qolipga solish, isteʼmolni tenglashtirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyotida Isteʼmol meʼyorlari moʻljal sifatida boʻlib, bozor talabi qanday chegarada oʻzgarishi mumkinligini bildiradi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x