ISTEʼMOL BOZORI

ISTEʼMOL BOZORIisteʼmol buyumlari va xizmatlar oldi-sotdi qilinadigan, alohida shaxs yoki uy xoʻjaliklari shaxsiy isteʼmol uchun tovar va xizmatlarni sotib oladigan bozor. I. b. ning subyekti (ishtirokchilari) tovar sotuvchi firmalar, yakka sotuvchilar, aholi, davlat va jamoat idoralaridan iborat xaridorlar. Uning obyekti esa shu yerda sotiladigan isteʼmol buyumlari va ijtimoiy-maishiy xizmatlar hisoblanadi. Bularning puldagi ifodasi Isteʼmol bozorining hajmini tashkil etadi. Isteʼmol bozori xalqaro, milliy, mahalliy va hududiy Isteʼmol bozori larga boʻlinib, boshqa bozorlardan koʻp segmentliligi bilan farqlanadi. Bu segmentlardan eng yiriklari oziqovq-at, kiyim-kechak, uy-xoʻjalik tovarlari, maishiy va ijtimoiy xizmatlar bozori hisoblanadi. Isteʼmol bozori segmentlari xaridorning mavqeiga qarab yoshlar, bolalar, qariyalar, erkaklar va ayollar tovar bozoriga ajraladi. Xaridorning qurbiga qarab nufuzli tovarlar bozori, hammabop tovarlar bozori va arzon tovarlar bozorlariga boʻlinadi. Oʻzbekistondagi Isteʼmol bozori supermarketlar, magazinlar, salonlar, doʻkonlar, deh-qon bozorlari va sanoat mollari bo-zorlari, pullik maishiy xizmat korxonalari, pullik ijtimoiy xizmat tashkilotlari va muassasalari faoliyatda namoyon boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x