ISTEʼMOL

ISTEʼMOL — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish, takror i. ch. jarayonining oxirgi bosqichi. Isteʼmol turiga koʻra, ishlab chiqarish isteʼmoli va noishlab chiqarish Isteʼmolga boʻlinadi. Ishlab chiqarish isteʼmoli i. ch. jarayonida xom ashyo, mashina, yoqilgʻi, yordamchi materiallar va b. ishlab chiqarish vositalarining, hamda ishchi kuchi (jismoniy va maʼnaviy energiya) ning sarflanishini bildiradi. Shu sababli i. ch. isteʼmolchi bevosita i. ch. jarayoniga kiradi. Noishlab chiqarish isteʼmoli i . ch . doirasidan chetda yuz beradi. Bu jarayonda isteʼmol buyumlaridan foydalaniladi yoki ular tamomila Isteʼmol etiladi. Bunday Isteʼmol aholi I. (yoki shaxsiy Isteʼmol) va ijtimoiy Isteʼmol (umumiy ijtimoiy Isteʼmol)ga boʻlinadi. Shaxsiy Isteʼmol jarayonida kishilarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, dam olish, salomatlikni saklash kabi bevosita shaxsiy ehtiyojlari qondiriladi. Umumiy ijtimoiy Isteʼmolga boshkarish, fan, mudofaa va b. ga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish kiradi.

Isteʼmolning asosini moddiy neʼmatlarni i. ch. tashkil qiladi va i. ch. ning asosiy maqsadi Isteʼmolga xizmat qilishdan iborat. Oʻz navbatida Isteʼmol ham i. ch. ga taʼsir koʻrsatadi. Isteʼmol bilan I. oʻrtasidagi bogʻlanish taqsimot va ayirboshlash orqali amalga oshadi. U yoki bu mamlakatda, u yoki bu tarixiy davrlarda I. ning umumiy darajasi, aholi farovonligining oʻsishi ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi (q. Isteʼmol meyorlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x