ISSIQLIK NURLANISH

ISSIQLIK NURLANISH, temperaturaviy nurlanish — jismning ichki energiyasi hisobiga chiqariladigan elektromagnit nurlanish.

Mas, choʻgʻlangan metallar sirtidan, yer atmosferasi va b. dan issiklik nurlanadi. Issiqlik nurlanish moddaning mikroskopik jarayoniga, uning mutlaq t-rasi va optik xossalariga bogʻliq. Issiqlik nurlanishning asosiy tavsiyalaridan biri — jismning nurlanish qobiliyati; u I. n. paytida jism yorituvchanligining spektr zichligiga teng. Qizigan jism bilan termodinamik muvozanatda boʻlgan Issiqlik nurlanish uchun Kirxgof nurlanish qonuni, mutlaq qora jism uchun Plank nurlanish qonuni, Stefan — Bolsman nurlanish qonuni va b. bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x