ISSIQ BILAN DAVOLASH

ISSIQ BILAN DAVOLASH, termoterapiya — issiq bilan taʼsir qiladigan turli fizik vositalar yordamida davolash. Issiq bilan davolashning bir necha turi bor: balchiq bilan davolash, loy bilan davolash, parafin-ozokerit bilan davolash, issiq va iliq vannalar, dush, grelka, bugʻlash, kompress qilish. Issiq bilan davolashda umumiy va mahalliy nur vannalariga moʻljallangan reflektorli har xil choʻgʻlanma lam-palar, infraqizil nur beradigan lam-palardan foydalaniladi (q. Yorugʻlik bilan davolash), quruq havo vannalari, shuningdek, elektr bilan davolash muo-lajalari qoʻllaniladi. Issiq bilan davolash issiqtaʼsirining kuchi, davomiyligi, issiq qoʻyiladigan joyning katta-kichikligiga bogʻliq; odatda, issiq taʼsir qilgan joyda qon va limfa aylanishi yaxshilanadi, yalligʻlanish va ogʻriq yoʻqoladi, toʻqimalarning tiklanish jarayoni tezlashadi. Issiq bilan davolashning barcha turlari vrach buyurgandagina periferik nerv sistemasi, ichki aʼzolar, tayanchharakat apparati, teri kasalliklari va b. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x