ISOXOʻJAYEV

ISOXOʻJAYEV Rahim (1917.15.10 – Toshkent — 2001.2.12) — sozanda (doira). Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Usta Olim Komilovning shogirdi. 1933—36 y. larda Qoraqalpoq musiqali drama teatrida, 1938—77 y. larda Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet) teatrida sozanda. Mazkur teatrlarning spektakllaridagi bir qancha milliy raqslarni sahnalashtirishda faol qatnashgan. Isoxoʻjayev «Pilla raqsi», «Gulsara», «Zang», «Larzon», «Tantana», «Katta oʻyin», «Shodiyona» va b. usullarni mahorat bilan ijro etgan. Koʻpgina chet mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x