ISMATOVA

ISMATOVA Mavluda (1943.7.5, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Toshkent ped. intining filologiya f-tini tugatgan (1968). 1961-y. dan Toshkent viloyatidagi 26-maktab (1987-y. dan Yunusobod tumanidagi 273-mak-tab)da boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1983-y. dan direktor. Ismatova rahbarlik qilgan maktab 1995-y. respublikada «Yilning eng yaxshi maktabi» deb eʼlon qilindi. Maktabning yangilik sari tashabbuskorlik faoli-yati, ilgʻor tajribalari bevosita Ismatova rahbarligida amalga oshiriladi va u respublika miqyosida keng ommalashtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x