ISKANDAROV

ISKANDAROV Ibrohimjon (1932.8.5, Sayram tumani Qoramurt qishlogʻi, Qozogʻiston) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari d-ri (1969), prof. (1973). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA ijtimoiy fanlar boʻlimi kotibi (1962—63), Iqtisodiyot intida boʻlim mudiri (1963—68). Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar intida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbo-sari (1968-69). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-ti direkto-rining oʻrinbosari (1969—71), direktori (1971—75). Toshkent xalq xoʻjaligi in-ti rektori (1975—76), Oʻzbekiston FA Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimi akad. kotibi (1976—79) va ra-isi (1984—87); FA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1979—84). Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Davlat Reja qoʻmitasi raisi (1987—89); Oʻzbekiston FA Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish kengashi raisi (1989—90), Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1990—96). 1997-y. dan Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot intida iqtisodiy integratsiya mu-ammolari boʻlimi boshligʻi.

Iskandarovning ilmiy ishlari sanoat iqtisodiyoti, yalpi milliy mahsulotni hisoblash uslubiyati, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistonning jahon iktisodiyotiga integratsiyalashuvi muammolariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

As: Ekonomicheskiye problemы razvitiya tekstilnoy promыshlennosti v Uzbekistane, T., 1969; Problemы ekonomicheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x