ISKANDAR LOʻDIY

ISKANDAR LOʻDIY, Iskandarshoh (? — 1517) — Dehli sultonligi hukmdori (1489—1517). Bahlul Loʻdiyning oʻgʻli. Iskandar Loʻdiy xudojoʻy, adolatli, rah-mdil, muruvvatli hukmdor boʻlgan. Uning buyrugʻiga binoan, qishda kam-bagʻallarga kiyimkechak, pul, issiq ovqat ulashilardi. Din peshvolariga soliqtoʻlamaslik imtiyozi b-n qishloqlar hadya qilinardi. Amalda u yaxshi yoʻlga qoʻyilgan aygʻoqchilik xizmatiga ega boʻlgan qattiqqoʻl hukmdor edi Iskandar Loʻdiy ulamolar va sanʼat axllariga homiylik qilgan. Ammo mamlakatning tub mahalliy xalqiga nisbatan nojoʻya siyosat olib borgan. U oʻz davlatida qator hind ehromlarini vayron qilgan va ular oʻrnida karvonsaroylar va madrasalar qurdirgan. Rajputan davlati bilan uzoq kurash olib borgan. Bihar sh. Dehli sultonligiga qoʻshib olingan. Poytaxt I. L. asos solgan Agra sh. ga koʻchirilgan (1504).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x