ISIRGʻA

ISIRGʻA, zirak — xotin-qizlar (baʼzi xalqlarda erkaklar ham) quloqqa taqadigan bezak buyumi. Isirgʻa ikki — bogʻ vatana qismdan iboratboʻlib, bogʻ qismi ilgak, halqa va tana qismi panjara, shokila (oyoq), koʻz va b. dan tuzilgan. Isirgʻaning eng sodda turi — halqa (gardish I.), boldoq keng tarqalgan boʻlib, bu Isirgʻa Oʻzbekiston hududi (jumladan, Fargʻona)da qadimdan (mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan) maʼlum boʻlgan. Bogʻi ilgakli boʻlgan Isirgʻa zirak deb ataladi, lekin atamalar orasida bunday qatʼiy chegaraga har doim ham amal qilinmagan. Zargar ustalar Isirgʻani oltin, kumush, mis kabi metallardan qolipga quyib (qolipaki) va qoʻlda yasab tayyorlaydilar. Ishlanish usuliga koʻra, panjarali (shabaka), sovotkori va b. ; xom ashyosiga koʻra, sadafli, marjonli, durli, koʻzli va b. ; ishlanish joyiga qarab, Toshkent, Buxoro, Samarqand va b. I. lari; shokila (oyoq)lari soniga qarab, uch oyoqli, besh oyoqli va b. turlari farqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x