ISHTVAN I

ISHTVAN I (Jstvan) Avliyo (taxm. 970-1038) — knyaz (997-y. dan), Vengriya qirolligining 1-qiroli (1000-y. dan). Arpadlar sulolasidan. Mamlakatni qabilaviy boʻlinishini tugatib, maʼmuriyhududiy okruglar — qirollik komitatlari (ishpanlar boshchiligida) ni joriy etgan. 997-y. da Vengriya qirolligida xristianlikni joriy qilgan. 1030-y. da nemis mulkdorlarining bosqinini qaytargan. Ishtvan I saroy amaldorlari, jangda mardlik koʻrsatgan harbiy boshliqlar va cherkovga yerlarni boʻlib berib, bu bilan yirik yer egalarining sonini koʻpaytirgan. 1083-y. da Ishtvan I cherkov tomonidan avliyolar qatoriga qoʻshilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x