Ishmuhammedov Elyor Muhitdinovich

Tarjimai hol

Ishmuhamedov Elyor Muhitdinovichkinorejissyor, ssenariychi, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist (1969) va Ozbekiston xalq artistidir (1983).

Taniqli ozbek kinorejissyori Elyor Ishmuhamedov «Ozbekiston xalq artisti» faxriy unvoni sohibidir. Uning filmlari ozbek kinosiga yangi ruh olib kelgan, matbuotda ijobiy baholangan, san’at muxlislariga manzur bolgan, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholangan hamda sovrinlar bilan taqdirlangan.

Kinorejissyor Elyor Ishmuhamedov 1942 yilda Toshkentda tugilgan. 1967 yilda Moskva Butunittifoq Davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetini tugatgan (Moskvada talabalik davrida, 1963 yilda «Uchrashuv» nomli qisqa metrajli filmini suratga olgan).

«O’zbekfilm» kinostudiyasida postanovkachi rejissyor sifatida oz faoliyatini boshlab, «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969), «Uchrashuvlar va ayriliqlar» (1973), «Qushlar bizning dostimiz» va boshqa badiiy filmlarni suratga oldi.

Bu filmlar ozbek kinosiga yangi ruh olib keldi, matbuotda ijobiy baholandi, san’at muxlislariga manzur boldi, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholandi hamda sovrinlar bilan taqdirlandi.

E. Ishmuhamedovning «Nafosat» badiiy filmi Lokarnada bolgan XX Xalqaro kinofestivalda maxsus sovringa ega bo‘ldi.

Frankfurt Maynedagi kinofestivalda esa Kumush medalga va yaxshi rejissyorlik ishi sifatida Maxsus sovringa, «Sevishganlar» badiiy filmi Minskda bolgan IV Umumittifoq kinofestivalida va Kesakadagi (Vengriya) festivalida mukofot va maxsus sovringa sazovor boldi.

Elyor Ishmuhamedov hujjatli kinoda ham oz kuchini sinab, Ozbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida «Hur yoshligim», «Toshkentda shunday anhor bor», «Velosiped poygasi» filmlarini suratga oldi va bu filmlar ham madaniy jamoatchilikka manzur boldi. 

E. Ishmuhamedovning ijodi munosib taqdirlandi. Unga «Ozbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x