ISHLAB CHIQARISH TAJRIBASI

ISHLAB CHIQARISH TAJRIBASItajriba xoʻjaliklari, shirkat va jamoa xoʻjaliklari dalalarida oʻtkaziladigan tajriba. Dala tajribasining u yoki bu agrotexnologik tadbir qoʻllanilganda eng yuqori samara olingan juda yaxshi variantlari asosida tashkil etiladi. Sinovlar muayyan zonaning iqlim-tuproq xamda tashkiliy-xoʻjalik sharoitlariga xos muhitda yangi texnologiya yoki agrotexnologik tadbirning samaradorligini tadqiq etish uchun oʻtkaziladi. Tajriba oʻtka-zish usuli mazkur xoʻjalikda qoʻllaniladigan barcha i. ch. jarayonlari bilan mu-vofiqlashtiriladi. Tajriba tuproq unumdorligi mazkur zona uchun eng xos, bir xil boʻlgan dalada oʻtkaziladi. Tajriba paykallarining kattaligi q. x. ma-shinalarida foydalanishga imkon beradigan, uzunligi tajriba oʻtkazilayo-tgan dalaning boʻyiga teng boʻlishi ke-rak. Ishlab chiqarish tajribasining sxemasi murakkab boʻlmasligi lozim: u 2—4 variantdan iborat boʻlib, 3—4 takroriylikda oʻtkazilishi kerak. Ekin turlari boʻyicha Ishlab chiqarish tajribasida koʻchat qalinligi oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, hosil mikdori va uning tarkibi, oʻrganilayo-tgan agrotexnik tadbirlarning tuproq unumdorligiga taʼsiri hisobga olinadi, shuningdek, oʻrganilayotgan tadbirlar va xoʻjaliqda qoʻllaniladigan ishlov berish texnologiyasi qiyosiy baholanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x