ISHLAB CHIQARISH GRAFIGI

ISHLAB CHIQARISH GRAFIGI korxonada muayyan davr (kun, oy, cho-rak, yil) davomida mahsulot i. ch. ning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida boʻlimlari (sex, uchastka, potok liniyalar, agregat va b.) mikyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi. Ishlab chiqarish grafigi detallarni i. ch. ning texnologik sxemasi va ket-ma-ketligi hamda tayyor mahsulotning tarkibiy qismlarga boʻlinish qoida-siga asoslanadi. Korxonada Ishlab chiqarish grafigi lari kamrov doirasiga kura, korxona mikyosida oylik topshiriqlar grafigini ishlab chiqish; sex uchastka yoki boʻlim boʻyicha bir mashinakomplektga kerakli detallar va uzellar sonini hisoblab chiqish; detallar, uzellarni i. ch.-ning kundalik grafik topshiriqlarini ishlab chiqish; i. ch. ortda qolgan detallar boʻyicha 10 kunlik tezkor i. ch. grafigini ishlab chiqish va b. boʻlishi mumkin. Mahsulot i. ch. ning yakka tartibda yoki seriyaliligi mahsulotning turi, uning detallari, uzellari miqdori, texnologik operatsiyalarning xilma-xilligi, i. ch. jarayonida operatsiyadan operatsiyaga oʻtishning koʻp yoʻnalishliligi va b. bilan xarakterlanadi va jarayonlarni oʻzaro bogʻlab turadi. Ishlab chiqarish grafigiga qatʼiy rioya qilish korxonaning hamma boʻlimlari ishida oʻzaro uygʻunlikni, hamkorlikni taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x