ISHCHILAR FAKULTETI

ISHCHILAR FAKULTETI (rabfak) — Oʻzbekistonda oʻrta maʼlumoti boʻlmagan ishchi va dehqonlarni oliy oʻquv yurtlariga kirishga tayyorlash maqsadida ochilgan umumiy taʼlim oʻquv yurti. Birinchi marta 1919-y. oxirida Turkiston xalq unti qoshida ochilgan (100 oʻquvchi boʻlgan); bu un-t asosida Turkiston davlat unti tashkil topgach, uning huzuridagi Ishchilar fakulteti kengaydi. 1921-y. yanv. da undagi oʻquvchilar soni 480 kishiga yetdi, ularning 60% mahalliy millat vakili edi. 1922-y. fev. da Toshkentning Eski shahar qismida mazkur Ishchilar fakultetining boʻlimi tashkil qilindi (unda maxsus xotinqizlar boʻlimi ham boʻlgan).

Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar yetishmasligi Ishchilar fakultetini kengaytirishni taqozo etdi. 1927 — 28 y. lar Samarkand, Fargʻona va b. joylarda Ishchilar fakulteti ochildi. 1929-y. Toshkent ped. in-ti huzurida tashkil etilgan Ishchilar fakultetining 30 guruhi boʻlib, qar bir guruhda 30 dan ortiq bola oʻqigan. 2 turli Ishchilar fakulteti boʻlgan: kechki — korxonalardagi Ishchilar fakultetida i. ch. dan ajralmagan holda oʻqilgan (taʼlim muddati 4 y.), kunduzgi — oliy oʻquv yurtlari huzuridagi Ishchilar fakultetida i. ch. dan ajralgan holda oʻqilgan (taʼlim muddati 3 y.). I. f., asosan, ped., tibbiyot va sanoat sohalari boʻyicha muta-xassislar tayyorlagan. Oʻzbekistonda umumiy va oʻrta maxsus taʼlimning rivojlanishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqot-di va 30-y. larning oxirida tugatildi. 1969 i. ishchi va qishloq yoshlarini oliy maktabga kirishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlarida tayyorlov boʻlimlark tashkil etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x