Isajon Sulton (1967)

Isajon Sulton 1967 yilda Fargʻona viloyati, Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Adibning “Munojot” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Ozod” (2013), “Bogʻi Eram” (2015) nomli kitoblari chop etildi. “Ozod” romani uchun muallif Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi gʻolibi boʻldi (2012). Bir qancha hikoyalari xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarga loyiq koʻrildi.

Asarlari ingliz, nemis, rus va turk tillariga tarjima qilindi, AQSH, Rossiya, Turkiya va Moldova adabiy nashrlarida chop etildi.

Isajon Sulton Javoharlaʼl Neru, Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata, Dino Butssati, Umar Sayfiddin asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.

2014 yilda Isajon Sulton “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan mukofotlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/isajon-sulton-1967/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x