ISʼHOQOV Yuna Izrailovich

ISʼHOQOV Yuna Izrailovich (1909. 30.12 — Toshkent — 1977.6.5) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), iqtisod fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Oʻrta Osiyo plan-iktisod in-tini tugatgan (1932). Shu in-tda oʻqituvchi, 1934—44 y. larda Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri, Toshkent moliya-iqtisod intida dotsent. Angren t. n., Oʻzbekiston metallurgiya z-di, Farhod GES qurilishlarida qatnashdi. 1944-y. dekabridan to umrining oxirigacha Toshkent politexnika in-ti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari mehnat unumdorligi, siyosiy iqtisod muammolariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x