IQTISODIY MANFAATLAR

IQTISODIY MANFAATLAR — iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (iqtisodiy subyektlar)ning uzlari tomonidan anglangan va ularni faoliyatga undovchi hayotiy ehtiyojlari, iqtisodiy faoliyatni harakatlanti-ruvchi kuch.

Iqtisodiy manfaatlar amal qilishi doirasiga qarab individual yoki yakka; guruh. iy yoki korporativ; milliy yoki umummamlakat miqyosidagi Iqtisodiy manfaatlarga boʻlinadi. Iqtisodiy manfaatlar tizimining asosiy boʻgʻini insonning shaxs sifatida ehtiyojlarini ifoda etadigan individual manfaatdir, xususiy manfaatdorlik birlamchi boʻlgani sababli uni amalga oshirish iqtisodiy rivojlanishga ragʻbat beradi. Guruhiy manfaat muayyan jamoaga birlashgan kishilarning umumiy manfaati boʻlib, firma doirasida bu manfaat asosida korxonani yuk-saltirish va daromadni, foydani koʻpaytirish yotadi. Foyda tadbirkorlarga tegsada, unda ishchi va xizmatchilar ham ishtirok etadi, yaʼni undan ish haqiga qoʻshimcha ravishda mukofotlar toʻlanadi. Natijada foyda guruhiy manfaat omiliga aylanadi. Milliy (davlat) I. m. muayyan mamlakatda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy iqtisodiy manfaati boʻlib, yalpi ichki maxsulot mikdori va tarkibida ifoda etiladi. Iqtisodiy barqaror oʻsish uchun jamiyatda Iqtisodiy manfaatlar uygʻunligi, ularning oʻzaro muvofiqligi zarurdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x