IPOTEKA BANKI

IPOTEKA BANKI — koʻchmas mulk garovi hisobiga ipoteka kreditlarini berish bilan shugʻullanadigan ixtisoslashtirilgan tijorat banki. I. b. kre-ditlari uzok, muddatga beriladi. Bank vositalari, asosan, ipoteka krediti olishni xoxlagan mijozlarning omonatlari hamda bankning oʻz kapitali hisobidan shakllanadi. Kreditlashning yoʻnalishiga qarab Ipoteka banki lari yer garovi hisobiga kredit beruvchi — yer banki; melioratsiya ishlarini bajarish uchun kredit beruvchi — melioratsiya banki va shahardagi koʻchmas mulk garovi hisobiga kredit beruvchi kommunal banklarga boʻlinadi.

Oʻzbekistonda ipoteka munosabatlariga xizmat koʻrsatadigan «Zamin banki» ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x