IONOSFERA

IONOSFERA (ionlar… va yun. sphaira — shar) — atmosferaning ionlar va erkin elektronlar konsentratsiyasi koʻp boʻlgan yuqori qatlami. Yerdan 50 — 80 km balandlikdan boshlanadi. Kun-duzi Ionosfera asosi 50—60 km balandlikda, kechasi 80—85 km balandlikda yotadi. Ionosferaning yuqori chegarasi — Yer magni-tosferasining tashki qismi. Ionosferada, asosan, kuyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlari, kosmik nurlanishlar taʼsirida ionlar hosil boʻladi. Yer atro-fidagi kosmik fazodan atmosferaga kirayotgan zarralar oqimi Yerning magnit maydoni taʼsirida qisman oʻz yoʻnalishini vintsimon oʻzgartirib, atmosferaning atom va molekulalarini ionlashtiradi. Ionosferada elektronlar va ionlar soni teng boʻladi. Kosmik raketa yordamida olingan maʼlumotlarga koʻra, Ionosfera chegarasi yer sathidan taxm. 18 — 25 ming km balandlikkacha davom etishi aniqlandi (yana q. Atmosfera). Fakat Ionosfera tufayli radiotoʻlqinlarni uzok, masofalarga uzatish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x