IONLASH KAMERASI

IONLASH KAMERASI — ionlashtiruvchi nurlanish (gamma-nurlanish, elektronlar, protonlar, a-zarralar va b.) ni qayd qilish, tekshirish va oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Uning ishlashi nurlanishlarning gazni ionlash xususiyatiga asoslangan. U toʻrtburchak, silindr va shar shaklidagi metall ka-meraga gaz yoki havo toʻldirilib, oʻrtasidan izolyatsiyali metall sim oʻtkaziladigan metall kamera (1-rasm). Kamera tashqi elektrod, sim esa ichki elektrod vazifasini oʻtaydi. Elektrodlar katta (2000—2500 V) kuchlanish man-baiga ulansa, kamera ichida tashki ionlashtiruvchi nurlanishlar taʼsirida gaz ionlashib, zanjirda ionlash toki hosil boʻladi (2-rasm.) Tok miqdori Ionlash kamerasiga tushayotgan nurlar intensivligi hamda elektrodlarga ulangan manba kuchlanishiga bogʻliq. Intensivligi juda kam boʻlgan nurlar gaz razryadli Ionlash kamerasi neytronlarni qayd qilish uchun ham ishlatiladi. Sekin neytronlarni qayd qilish uchun kameraning ichki sirtiga bor qatlami qoplanadi yoki kamera bor ftorid (BF3) bilan toʻldiriladi. Bu holda ionlash jarayoni yadro reaksiyasi 10B(n, a)7Li mahsulotlari bilan amalga oshiriladi. Tez neytronlarni qayd qilish uchun kamera vodorod bilan toʻldiriladi, bu holda ionlash jarayoni ajralgan protonlar hisobiga amalga oshadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x