ION BOGʻ, elektrovalent bogʻ, geterovalent bog — kimyoviy bogʻ turlaridan biri, qaramaqarshi zaryadli ionlar oʻrtasidagi elektro-statik oʻzaro taʼsir kuchiga asoslanadi. Ion bogʻ elektromanfiylik jihatidan bir-biridan katta farq qiladigan ikki element orasida vujudga keladi. Bunday bogʻlar ishqoriy metallarning galogenidlarida koʻproq hosil boʻladi. LiF birikmasidagi litiy b-n ftor orasidagi bogʻ bunga yaqqol misol boʻla oladi. Har qaysi ion oʻz atrofida elektr maydoni hosil qiladi. Shu sababli Ion bogʻ li molekulalar geteropolyar birikma deb ataladi. Ge-teropolyar birikmalar hamma agregat holatlarda ionlik tavsifini saklab qoladi. Mas, NaCl birikmasi gaz, suyuq va qattiq holatlarning hammasida xam Na+ va Cl ionlardan tarkib topgan va ular orasida Ion bogʻ mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые