INTRUZIYA (lot. untrudo — yorib kirib borish) — 1) magmaiint Yer pusti qatlamlariga kirib olishi jarayoni. Intruziya natijasida intruziv togʻ jinslari tarkib topali;
2) magmaning Yer poʻstida qotishidan hosil boʻlgan geologik magmatik jism. Atrof jinslar struktu-rasiga nisbatan mos (lakkolit va b.) va nomos (batolitlar, shtoklar, day-kalar va b.) yotgan Intruziyalar farq qilinadi. Magmani kirib borgan chuqurligiga qarab abissal (chuqurlikda) va gipabissal (yuzarokda) Intruziya tarkib topadi. Chuqurlikdagi Intruziyada kontakt jinslarda oʻzgarishlar kuchli boʻladi. Oʻzbekistonda Nurota, Chatqol — Qurama va b. togʻlarda Intruziyaning turli xillari koʻp tarqalgan.