Intizor onam. Gulsanam Mamazoitova ijrosida

mover.uz (Tas-IX)

 


Youtube

 

mp3 shaklida yuklab olish (Yandeks.Disk) – 4.97 mb.

 


 

Onam

 

Orif Tolib sheʼri

 

Mendan olislarda, mendan uzoqda,

Tonglardan yiroqda, kundan yiroqda.

Oʻgʻlisiz huvillab qolgan qishloqda

Yoʻlimga intizor onam bor mening.

 

Daryo koʻngli nedan yaralgan ekan,

Bunchalar teran u, bunchalar ulkan.

Xafa boʻlishniyam eplolmaydigan

Sodda va beozor onam bor mening.

 

Qaniydi, shu baxtga yeta olsaydim,

Shu katta sinovdan oʻta olsaydim –

Onam koʻnglini shod eta olsaydim,

Oʻgʻlidan umidvor onam bor mening.

 

Balki tushlarida meni koʻrgandir,

Kelar deb nonga sut izlab yurgandir,

Yoʻl boshida ilhaq kutib turgandir…

Yoʻlimga intizor onam bor mening.

 

2013

 

oriftolib.uz

https://saviya.uz/audio-video/intizor-onam-gulsanam-mamazoitova-ijrosida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x