Internet ixtirosi qanday boshlangan edi?

Internet ixtirosi qanday boshlangan edi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Hayotimizni tezkor elektron pochta xabarlari va messenjerlarsiz, onlayn taksi chaqiruvi va oziq-ovqat buyurtmalari, qolaversa pul mablag‘larini telefon orqali boshqarish va dunyoning istalgan nuqtasi bilan video aloqasiz tasavvur qilish mumkin emas.

Bolalarimiz endi hayotni internetsiz tasavvur qila olmaydi, lekin yarim asr oldin bu aqlli fantast yozuvchilarining ixtirosi bo‘lib tuyulgan bo‘lardi. Xo‘sh, hammasi qanday boshlangan edi?
Aqllilar o‘yinchog‘i 1969 yil 29 oktyabr kech soat 21.00 da Stenford olimi Vil Dyuval o‘zining ulkan kompyuteri oldida o‘tirib, e’tibor bilan ekranga tikilardi. Olim ikki LO-harflarini ko‘rdi va monitor yana qorong‘ulashdi. Aloqaning teskari tomonidagi uning Kaliforniya universitetidagi hamkasbi Charli Klayn faqat bir yarim soat o‘tgach, dunyodagi birinchi masofaviy aloqa seansini yakunlashga muvaffaq bo‘ldi, shu tarzda LO-LOGON (login) tarmoqqa kirish buyrug‘iga aylanib qolib, internet tug‘ildi.
Кто придумал Интернет?
1971 yilda elektron pochta xabarlari yuborishning birinchi dasturi paydo bo‘ldi, odamlar kompyuterda yozishma qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bitta xatni jo‘natish narxi 50 sentni tashkil etardi. Bu qimmat, lekin spam emas-da. Aytgancha “spam” so‘zi “Spiced ham” – armiya uchun mo‘ljallangan muddati o‘tgan konservalangan cho‘chqa go‘shtini bildirgan, bu konservalar 1945 yildan keyin “shilqim” reklama yordamida sotilgan.
1973 yilda okean tubida yotqizilgan ulkan sim AQShni Norvegiya va Buyuk Britaniya bilan bog‘ladi. Internetning rivojlanishiga faqat tarmoq protokollarining nomuvofiqligi to‘sqinlik qildi, negaki turli mamlakatlardagi kompyuterlar har xil protokollar asosida ishlardi. 1983 yilga kelib ushbu muammo TCP/IP umumiy protokoliga o‘tish orqali hal qilindi  va 1984 yilda DNS domen tarmog‘i paydo bo‘ldi.
Кто придумал Интернет?
1988 yildan boshlab tarmoq orqali real vaqt rejimida aloqa o‘rnatish imkoniyati tug‘ilib – birinchi chat suhbatlar amalga oshirila boshladi. Aytgancha, texnologiyalar rivojlanishiga qaramay, u hozirgacha  o‘z pozitsiyasida turib, har qanday messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardan qolishmaydi. Qidiruv tizimiga “chat” so‘zini yozib ko‘ring va u tizim hali ham amalda ekanligining shohidi bo‘lasiz.
Va nihoyat, 1989 yilda iste’dodli britaniyalik Tim Berners-Li Yevropa Butunjahon internet tarmog‘ining yadro tadqiqotlarini rivojlantirish Kengashiga har bir tarmoq manzili oldida WWW (World Wide Web)  harflarini qo‘yishni taklif kiritdi.
Кто придумал Интернет?
Hozirgi kunda internet shimoliy chekka qishloqlardan tortib – xalqaro kosmik stansiyasiga qadar hamma joyda bor. Ha, kosmonavtlar uyiga Skayp orqali qo‘ng‘iroq qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri stansiyadan efirga chiqa oladi.
Bu fantastika – shunday emasmi?
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x